Kecha, 5-oktyabr kuni Samarqand viloyatida 3,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Bildirilishicha, mahalliy vaqt bilan 23:07 da zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentr: Samarqand viloyati, Payariq tumani. Zilzila koordinatalari: 40,31 gradus shimoliy kenglik; 66,84 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 226 km janubiy-g‘arbda.