26-09-2025 11:05
Norma.uz yozishicha, 1-oktyabrdan quyidagi o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi:
Endilikda moped va skuterlarni faqat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng va «A» toifali haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan taqdirdagina boshqarish mumkin. Bu qoida ishchi hajmi 25 sm³ dan 50 sm³ gacha, elektr dvigateli quvvati 0,25 kVt dan 4 kVt gacha va tezligi 25–50 km/soat bo‘lgan moped va skuterlarga ham taalluqli.
1-oktyabrdan «O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» (O‘zRTSB) orqali chiroyli avtoraqamlar auksioni o‘tkazilmaydi.
Sudyalikka nomzodlar Davlat granti asosida Akademiyada 6 oylik qayta tayyorlov kurslarini o‘taydi. Kursga qabul qilinganlar asosiy ish joyidagi lavozimini saqlab qoladi va sudya yordamchisining oylik maoshi miqdorida stipendiya oladi.
1-oktyabr 2026-yilgacha maxsus huquqiy rejimda quyidagilarga ruxsat beriladi:
Polez qazilmalarni ochiq usulda qazib olish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsatnoma auksion to‘lovini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni beriladi.
Tadbirkorlar o‘z bino va inshootlariga tutash yerlarni ijaraga olishlari mumkin. (Ta’lim va tibbiyot muassasalari hududidan tashqari).
Davlat xizmatchilarining ichki va xorijiy xizmat safarlari «Xizmat safari» modulida yuritiladi:
«Xalq banki» orqali pensiya xizmatlari Face-ID va EHIM orqali ko‘rsatiladi.
Aromatizator va bo‘yoq qo‘shilmagan oq shakarni O‘zbekistonga olib kirishda aksiz solig‘i olinmaydi.
Atrof-muhitga I va II toifada ta’sir etuvchi texnologik jarayonlar «Yashil sertifikat»ga ega bo‘lishi shart. Unga ega bo‘lmagan korxona mahsulot sertifikati ololmaydi.
Tovarlarni olib kirish, olib chiqish va tranzit qilish bilan bog‘liq barcha hujjatlar faqat «Yagona oyna» bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi.
Kambag‘allikni qisqartirish Davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan beriladigan subsidiya, grant va qarzlar bosqichma-bosqich fuqarolarga ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.