
AQSH astronavtlarni Donald Trampning prezidentlik muddati tugashidan oldin, ya’ni uch yarim yil ichida Oyga qo‘ndirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda transport vaziri, NASA direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shon Daffi ma’lum qildi.

AQSHning Texas va Kanzas shtatlari orasida 2017-yil oktyabrda kuzatilgan 829 kilometr uzunlikdagi chaqmoq uzunlik bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda BMT huzuridagi Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) bayonotida ma’lum qilindi.

Isroil Knessetining spikeri Amir Ohana, Falastin davlatini tan olishni istagan mamlakatlar uni Falastin hududida emas, balki o‘z poytaxtlarida tashkil etishlari kerakligini bildirdi. Bu bayonot Jenevada Parlamentlararo ittifoq tomonidan tashkil etilgan parlament spikerlarining oltinchi jahon konferensiyasida yangradi.

2025 yilda boshlanishi rejalashtirilgan Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘llari qurilishi bir yilga kechiktirildi. Yangi reja bo‘yicha qurilish 2026 yilda boshlanadi va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari jalb etiladi.