06-11-2025 09:28

Bu birinchi galda ekologiya tizimiga, uni ozuqa sifatida qabul qilayotgan hayvonot va parranda olamiga katta ziyon keltirmoqda. Bundan tashqari platik mahsulot yoqib yuborilganda havoga o‘ta zaharli moddalar ajralib chiqadi. Ular turiga ko‘ra tabiatda 100-yildan 1000-yilgacha saqlanib qolar ekan.
Plastik idishlarni ommaviy tarzda ishlab chiqarish aslida 1950-yillarda boshlangan. Shu paytgacha dunyo sanoati 8 milliard tonnadan ziyod plastik ishlab chiqargan. Ularning ma’lum bir qismi (katta ehtimol bilan juda kam qismi) chiqindi yoqiladigan zavodlarda yoki kustar yo‘l bilan yoqib yuborilgan.
Qolganlari hanuz foydalanilmoqda yoki chiqindilar poligonida, tevarak atrofda (hatto okeanlarda) sochilib yotibdi. Ayni paytda har kuni yuz million tonnalab yangi plastiklar ishlab chiqarilayotir. Foydalanilgan bu kabi idishlarning kam qismi qayta ishlanadi yoki qayta foydalaniladi.
Masalan, birgina AQSHda 2018-yil ishlab chiqarilgan plastiklarning 9 foizdan kamrog‘i yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun qayta ishlov berishga topshirilgan. Bu fakt va raqamlar global muammo ko‘lamini, yetkazayotgan zararini tasavur qilish uchun kam emas, deyiladi vokrugsveta.ru saytida.
