Bu haqda Vetnam Respublikasining turizm sektori vakillari ishtirokida o‘tkazilgan biznes-forumda xabar qilindi.
Turizm qo‘mitasi xabariga ko‘ra, haftada ikki marotaba amalga oshiriladigan reyslar orqali qishki turizm mavsumida Vetnamdan mamlakatimizga sayyohlar oqimining oshirilishi, shuningdek, uchinchi davlat fuqarolarining mamalakatimiz orqali Fukuok orollariga yetib olishlari hamda u yerda dam olayotgan boshqa davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kirib kelishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratiladi.
“2023-yilda Vetnam Respublikasidan O‘zbekistonga 2 mingga yaqin turistlar kirib kelgan, joriy yilda esa bu ko‘rsatkich bir necha karra ortishi kutilmoqda”, dedi Vetnam rasmiysi Aleksandra Nguyen.