Samarasiz obyektlar xususiy sektorga berilishi mumkin
08.09.2024 19:04
Prezidentning 308-sonli qaroriga muvofiq 2024 yil yakuniga qadar samarasiz foydalanib kelinayotgan yirik shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlarini (shu jumladan, madaniyat saroylari, stadionlar, konsert zallari, istirohat bog‘lari) xatlovdan o‘tkazilib, xususiy sektorlarga topshirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillar ichida Toshkentdagi uchta onkologiya shifoxonasi, “Paxtakor” stadioni, Farg‘onadagi “Yoshlar ko‘li”, G‘ofur G‘ulom bog‘i kabi bir qator ijtimoiy maskanlarning sotib yuborilishi jamoatchilik e’tirozi bilan to‘xtatib qolingan edi.
Shuningdek, poytaxtdagi Abdulla Qodiriy va “Do‘stlik” bog‘larining investorga berib yuborilgani ham e’tirozlarga sabab bo‘lgan.