28-07-2025 04:54
Sapien Labs tadqiqot tashkiloti 100 mingdan ziyod o‘smir va yoshlar ma’lumotini tahlil qilib, 13 yoshgacha smartfonga ega bo‘lganlar keyinchalik ruhiy salomatlik bo‘yicha ancha past ko‘rsatkichlarni qayd etganini ma’lum qildi. Bu holat qizlarda ayniqsa sezilarli: ularda o‘zini qadrlash darajasi past, hissiyotni boshqarishda muammolar ko‘proq uchragan. O‘g‘il bolalarda esa xotirjamlik, empatiya va o‘zini hurmat qilish kabi ko‘rsatkichlar pasaygan.
Mutaxassislar bunga sabab sifatida smartfon orqali bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga erta kira boshlashini keltirishmoqda. Bu esa kiberbulling, uyqusizlik va zaharli kommunikatsiyalar xavfini kuchaytiradi.
Tadqiqotda Mental Health Quotient (MHQ) metodikasi asosida insonning ruhiy, ijtimoiy va aqliy holati baholangan. Unga ko‘ra, smartfonga necha yoshda ega bo‘linsa, psixik salomatlik shuncha yomonlashgan.
Sapien Labs rahbari, Stenford universiteti neyrobiologi doktor Tara Tiagaradjan, bolalarni himoya qilish uchun qator choralar zarurligini ta’kidladi. Ular qatorida: 13 yoshgacha smartfondan foydalanishni cheklash, maktablarda raqamli savodxonlikni o‘rgatish va texnologiya ishlab chiqaruvchilariga qo‘shimcha javobgarlik yuklash kabi tavsiyalar bor.