2025-yil Ai-80 benzini cheklanadi
08.02.2025 12:54
Bu haqda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi prezident farmonida so‘z boradi.

Farmonga ko‘ra, 2025-yil yakuniga qadar quyidagi vazifalarning bajarilishini ta’minlashga barcha kuch va resurslar safarbar etiladi:
- aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i bilan ta’minlagan holda AI-80 benzindan foydalanish va sotishni cheklash;
- respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanishni to‘liq taqiqlash.
Bundan avariyaviy yoqilg‘i sifatida Ekologiya vazirligini xabardor qilib, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda foydalanish holatlari mustasno.