28.02.2025 08:20
"Michigan universiteti, shubhasiz, dunyoning yetakchi ilmiy muassasalaridan biridir va u yerdagi ilmiy tadqiqotlar bilan yaqindan tanishish, ular bilan hamkorlik qilish men uchun katta imkoniyat. Grant nafaqat ilmiy ishlanmalarimni rivojlantirishga yordam beradi, balki yangi metodologiyalarni o‘rganish va ilg‘or ilmiy loyihalarda ishtirok etishga zamin yaratadi. Boshqa olimlar bilan fikr almashish, tajriba orttirish hamda global ilmiy hamjamiyatga qo‘shilish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ta’lim berishda ham, talabalarimga ilg‘or bilimlar berishda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi", – deydi Dildora Abdusattarova.