Dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlari tovarlar va xizmatlar uchun QQS undiradilar. Ulardan ba’zilari pasaytirilgan stavkani qo‘llaydi va ba’zi tovarlar va xizmatlarni soliqdan ozod qiladi.
Misol uchun, AQSHda QQS yo‘q, lekin savdo solig‘i mavjud.
Soliq jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yanvar holatiga Yevropa Ittifoqida QQSning o‘rtacha standart stavkasi 21,6% ni tashkil etdi. Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarda QQS stavkasi 15% dan past bo‘lmasligi kerak degan qoida mavjud.
YeIda eng yuqori QQS stavkalari Vengriyada (27%), shuningdek, Xorvatiya, Daniya va Shvesiyada (har biri 25%) belgilangan.
QQS stavkasi Germaniyada 19%, Ispaniyada 21%, Italiyada 22%.
PricewaterhouseCoopers ma’lumotlariga ko‘ra, Armaniston, Bolgariya, Turkiya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda QQS stavkasi 20% ni tashkil qiladi. Rossiyada QQSning standart stavkasi ham 20% ni tashkil qiladi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Filippinda qo‘shilgan qiymat solig‘i 12 foizni tashkil etadi.
Mo‘g‘uliston va Vyetnamda 10% QQS qo‘llaniladi, Tailandda esa bu stavka atigi 7%.