Ekspertlar Trampning saylovdagi g‘alabasi kriptovalyuta bozoriga kuchli turtki berganini aytmoqda.
Bitcoin narxi Donald Trampning AQSH prezidenti sifatida kriptovalyutalar uchun qulay siyosat olib borishi haqidagi taxminlar tufayli ko‘tarilmoqda.
Tramp AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) uning amaldagi a’zosi Pol Atkinsni rahbari etib tayinlash niyatida ekanini e’lon qilganidan bir necha soat o‘tgach, Bitcoin yangi rekord o‘rnatdi.
Qayd etish joizki, Donald Trampning saylovdagi g‘alabasi kriptovalyuta bozoriga kuchli turtki berdi. Hozirda ekspertlar uning kapitallashuvini 3,3 trillion dollarga baholamoqda. Tramp saylovoldi kampaniyasida Qo‘shma Shtatlarni “dunyoning kripto poytaxtiga” aylantirishga va’da bergan edi. Ammo uch yil oldin u Bitcoin'ni "firibgarlik" deb atagandi ham.
Trampning qarashlaridagi o‘zgarish Bitcoin narxining uning saylovdagi g‘alabasidan keyin bir oy ichida 40 foizga, joriy yil boshidan esa ikki barobardan ko‘proqqa ko‘tarilishiga olib keldi.