Gretsiyaning Volos portida ekologik ofat yuzaga keldi va oʻlik baliqlar port suvlarini yuzasiga qalqib chiqdi.
Hozirda baliqlarni har qanday usul bilan olib tashlash va chiqindi uchun ajratilgan joylarga yuborish ishlari olib borilmoqda. Bir kunda 40 tonna oʻlik baliq suvdan chiqarib olindi.
Mahalliy aholi yomon hiddan shikoyat qilmoqdalar va olimlar bunday miqdordagi chirigan baliqlar koʻrfaz ekologiyasiga katta taʼsir koʻrsatishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
Olimlarning fikricha, bunga oʻtgan yili sodir boʻlgan halokatli suv toshqini sabab boʻlgan.
Toʻfondan soʻng koʻldagi suv hajmi uch baravar koʻpaydi, ammo bu yil yozgi jazirama uni yana quritdi va baliqlar dengizga olib boruvchi kanal va daryolar orqali qochishga majbur boʻldi.
Shahar savdo kengashi portdagi ishbilarmonlik faolligi uch kun ichida 80 foizga pasayganini va rasmiylar turizm sektori uchun katta yoʻqotishlardan qoʻrqishini aytdi.