Shifokorlar oʻpka saratonini davolash uchun dunyodagi birinchi mRNK vaksinasini sinovdan oʻtkazishni boshladilar. Yetti mamlakatning 34 ta tadqiqot markazi bemorlarga preparatni qoʻllashni boshladi.
Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Vengriya, Polsha, Ispaniya va Turkiyada xalqaro klinik sinovlar boshlandi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Sinovlar kimyoterapiya oʻrnini bosishi mumkin, chunki u inson tanasiga kamroq zarar yetkazadi. Vaksina nemis olimlari tomonidan yaratilgan. Ular COVID-19 uchun preparatning asosini tashkil etgan bir xil mRNK texnologiyasidan foydalanganlar. Dori tufayli tananing oʻzi saraton hujayralarini taniy oladi va ular bilan kurashadi.
Tadqiqot kichik hujayrali oʻpka saratoni bilan ogʻrigan 130 nafar bemorda oʻtkaziladi. Bir yil davomida subyektlarga immunitetni mustahkamlash uchun oʻnlab dozalarda vaksina beriladi. Birinchi odam allaqachon bu preparatni olgan. Shifokorlar ishlanma butun dunyoda mashhur boʻlishiga umid bildirdi, deb yozadi The Guardian gazetasi.
“Bizda bu vaksina yaxshi natija koʻrsatayotgani haqida baʼzi dalillar mavjud. Umid qilamizki, vaqt oʻtishi bilan davolashda boshqa toʻqimalarga taʼsir qilmasdan oʻpka saratoniga qarshi samarali ekanligini koʻrsata olamiz”, dedi London Universitet kolleji klinik sinovi rahbari doktor Sara Benafif.