06-11-2025 09:23

Yangi texnologiyalar tufayli pech tutunsiz pishirish imkonini bergan. Taomlar “Shenchjou-20” va “Shenchjou-21” missiyalari ekipaj a’zolari tomonidan tayyorlangan. Mutaxassislar isitish tizimi samaradorligini oshiruvchi texnologiyani takomillashtirgan. Bu esa taomni tezroq pishirish imkonini bergan. Natijada kosmonavtlar tovuq qanotchalarini atigi 28 daqiqada pishirishga muvaffaq bo‘lgan.
2020-yilda Xalqaro kosmik stansiyada NanoRacks va Zero G Kitchen kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan kosmik pech prototipi sinovdan o‘tkazilgandi. Tajriba davomida astronavtlar shokoladli besh dona pechenye pishirgan.
Dastlab 25 daqiqa davomida pishirilgan pechenye xom bo‘lib chiqqan, ammo pishirish vaqti 75–130 daqiqagacha uzaytirilgach, natijalar ancha yaxshilangan. 130 daqiqa pishirilib, yana o‘n daqiqa sovItilgan variant eng muvaffaqiyatli deb topilgan.
