01-07-2025 07:28
Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni yopadigan aksessuarlar kiyish taqiqlandi. Tegishli qonunni prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev imzoladi.
Xizmat vazifalarini bajarish, tibbiy sabablarga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoitidan himoya qilish, fuqarolik mudofaasi maqsadlarida, shuningdek, sport va madaniy tadbirlarda ishtirok etishda yuzni yopish holatlari bundan mustasno.
26 iyun kuni qonun loyihasi Qozog‘iston parlamenti tomonidan ma’qullangan edi.
Avvalroq prezident To‘qayev yuzni yopishdan ko‘ra, milliy o‘zlikni ta’kidlaydigan kiyim kiyishni targ‘ib qilgan edi.