30-06-2025 14:39
Bugungi kunda dunyoda taxminan 658 million ayol turli kompaniyalarning asoschilari va egalari hisoblanadi. Taqqoslash uchun, erkaklar orasida bu ko‘rsatkich 722 millionni tashkil etadi. Bu haqda Global Entrepreneurship Monitor ma’lumotlariga tayanib, “Forbes” jurnali xabar berdi.
Ayol tadbirkorlarning yutuqlari va sinovlarini e’tirof etish maqsadida “Forbes” ilk marta butun dunyo bo‘yicha o‘z boyligini mustaqil tarzda orttirgan 50 nafar eng boy ayol reytingini tuzgan.
“Bu ayollar kollagendan tortib to ko‘mirgacha bo‘lgan sohalarda boylik orttirgan – 13 mamlakat va 4 qit’adan (hozirda Afrika yoki Janubiy Amerikadan birortasi yo‘q). Ularning umumiy boyligi 276 milliard dollarni tashkil etadi, bu har biriga o‘rtacha 5,5 milliard dollardan to‘g‘ri keladi”, deyiladi xabarda.
Dunyodagi o‘z boyligini mustaqil orttirgan eng boy ayol deb shveysariyalik kemasozlik magnati Rafaela Aponte-Diamant e’lon qilindi. Uning sof boyligi 38,8 milliard dollarni tashkil qiladi.
U va eri Janluiji Aponte Mediterranean Shipping Company (MSC) kompaniyasiga asos solgan. Hozir bu kompaniya dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kompaniya bo‘lib, 136 mingdan ortiq xodim, 900 ta kema va 675 ta ofisga ega. Rafaela kompaniyani 200 000 dollarlik kredit yordamida boshlagan. Bu pul bilan ular ilk kemani xarid qilgan va 9-yil ichida flotni 17 ta kemagacha kengaytirgan. 80 yoshida u hali ham kemalar interyeri va bezagi dizayniga javob beradi va MSC jamg‘armasi boshqaruv kengashiga a’zo bo‘lib qolmoqda.
Ikkinchi o‘rinda – amerikalik Dayan Hendriks. Uning boyligi 22,3 milliard dollar. U ABC Supply kompaniyasining hammuassisi bo‘lib, bu kompaniya tom yopish, tashqi pardozlash materiallari va boshqa qurilish materiallari yetkazib berish bo‘yicha eng yirik distribyutorlardan biridir.
Uchinchi o‘rinda xitoylik sobiq kimyo o‘qituvchisi Chjun Xueyszyan. Uning boyligi 15,6 milliard dollar. U 1995-yilda Hansoh Pharmaceuticals kompaniyasiga asos solgan va 4-yil o‘tib o‘pka saratoni kech bosqichlarini davolash uchun Gainuo dorisi bilan katta yutuqqa erishgan. Hansoh’ning yillik daromadi 1,7 milliard dollarni tashkil etadi. Kompaniya onkologik, infeksion va autoimmun kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan.
To‘rtinchi o‘rinda yana bir xitoylik ayol – Chjou Syunfey. Uning boyligi 10 milliard dollar. U Lens Technology kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya sensorli ekranlar ishlab chiqaradi va mijozlari orasida Apple, Samsung, Tesla bor. Sobiq migrasion ishchi bo‘lgan Chjou kompaniya asosini 1993-yilda boshlab, 136 mingdan ortiq ishchi va 9,5 milliard dollar yillik savdoga erishgan.
Reytingdagi boshqa ayollar: