20-10-2025 10:48

Qonun (O‘RQ–1089-son, 17.10.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi nizolarni samarali va tezkor ravishda hal etishga, mediatsiya tartib-taomillarining hamma joyda qo‘llanilishini rag‘batlantirish orqali sudlardagi yuklamani maqbullashtirish belgilangan.
Mediativ kelishuv taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ish mediativ kelishuv tuzgan tarafning arizasiga binoan ko‘rib chiqiladi.
Mediativ kelshuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish quyidagi hollarda rad etiladi, agar:
Mediator tomonidan mediatsiya to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, Mediatorning kasb etikasi qoidalari buzilganligi unga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
