29-06-2025 17:23
Partiya bu qarorni 2020-yilda joriy etilgan xavfsizlik qonunlari tufayli Pekin tomonidan ko‘rsatilayotgan “kuchli siyosiy bosim” bilan izohladi.
GSDL raisi Chan Po In ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotida partiyaning oldida bundan boshqa yo‘l qolmaganini, chunki uni a’zolarining hayoti xavf ostida ekanini ma’lum qildi.
GSDL tarqatib yuborilishi bilan Gonkongda endi rasmiy muxolifat butunlay yo‘q bo‘ldi. GSD so‘nggi ikki yil ichida o‘zini-o‘zi tarqatib yuborgan uchinchi partiya hisoblanadi.
Chan Po In tilga olgan xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun Gonkongda 2020-yilda, mintaqada Pekin ta’sirining kuchayishiga qarshi norozilik to‘lqinidan keyin qabul qilingan edi. 2024-yilda bu qonun yana-da kuchaytirildi, u hukumat tomonidan “qo‘poruvchilik” deb baholangan harakatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanilishini nazarda tutadi.
Shundan buyon, avvallari Pekindan ma’lum darajada mustaqil bo‘lgan Gongkongda norozilik namoyishlari to‘xtab qoldi, shu bilan birga hududda markaziy hukumatning ta’siri ancha kuchaydi.