29-06-2025 16:47
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, 27-iyun kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida Federal xavfsizlik xizmati (FXX) tomonidan ozarboyjonliklar yashaydigan manzillarda o‘tkazilgan reydlar oqibatida Ozarbayjon Respublikasi fuqarolari vafot etgan.
Yekaterinburgda ozarbayjonliklarning qo‘lga olinishi munosabati bilan Rossiyaning ushbu mamlakatdagi vaqtinchalik ishlar vakili Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va unga norozilik notasi topshirilgan.
"Ozarbayjonliklar yashovchi uylarga uyushtirilgan reyd oqibatida yurtdoshlarimiz halok bo‘lgani, ayrimlarining og‘ir tan jarohati olgani, 9 kishi hibsga olingani munosabati bilan chuqur tashvish bildiramiz. Biz Rossiyadan ushbu ish bo‘yicha zudlik bilan tergov o‘tkazishni va mazkur nomaqbul zo‘ravonlik uchun aybdorlarni imkon qadar tezroq javobgarlikka tortishini kutamiz", — deyiladi Ozarbayjon TIV bayonotida.