10-10-2025 10:14

Qo‘mita raisi Yorgen Vatne Fridnesning ta’kidlashicha, Machado mukofotga Venesuela xalqi demokratik huquqlarini himoya qilishdagi «tinimsiz mehnati» va diktaturadan demokratiyaga tinch yo‘l bilan o‘tish uchun kurashi uchun loyiq topilgan. Uning faoliyati mamlakatda siyosiy erkinlik va adolatli saylovlar uchun kurashda muhim ahamiyat kasb etgan.
Bu yil Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga 338 nomzod ilgari surilgan — ularning 244 nafari jismoniy shaxs, 94 tasi esa tashkilotdir. Qiyoslanganda, 2024-yilda nomzodlar soni 286 nafarni tashkil etgan.
Nobel qo‘mitasi har yili dunyoda tinchlik, inson huquqlari va demokratiyani rivojlantirishga hissa qo‘shgan shaxslar va tashkilotlarni taqdirlab keladi. 2024-yilda mukofot yadroviy qurolsizlanish tarafdori bo‘lgan yapon tashkiloti Nihon Hidankyo‘ga berilgan edi. 2023-yilda esa eronlik huquq himoyachisi Nargis Muhammadiy ayollar huquqlari va inson erkinligi uchun kurashi uchun mukofotlangan.
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti dinamit ixtirochisi Alfred Nobel vasiyatiga muvofiq 1901-yildan buyon topshirib kelinadi. Uning g‘oyasi — dunyoda tinchlik, asrash uchun intilayotgan shaxslarni e’tirof etishdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Trampning Nobel Tinchlik mukofotidan quruq qolgani haqida xabar bergan edik.
