Ushbu turnir 5-8-sentyabr kunlari “Universal” sport saroyida boʻlib oʻtadi.
Jahon sport dunyosida jiu-jitsuning darajasi tobora oshib bormoqda. Jumladan, Osiyo oʻyinlariga kiritilganligi ham bunga misol boʻla oladi. Shuningdek, turli xil nufuzli musobaqlar ham muxlislar tomonidan iliq kutib olinmoqda. Albatta, yurtimizda ham ushbu yakkakurash turi jadal surʼatlarda rivojlanib bormoqda va xalqaro turnirlarga mezbonlik ham ishonib topshirilyapti.
Yaqindagina Oʻzbekiston jiu-jitsu federatsiyasi tomonida AJP turniri yuqori darajada tashkil etilgan edi. Endi esa yana bir reytingi jihatidan yuqori oʻrinlarnida eʼtirof etiluvchi Osiyo chempionati, AIGA ham Toshkentda boʻlib oʻtadi. Mazkur turnirda 10 dan ortiq mamlakatlar va 1000 dan ortiq ishtirokchi gʻoliblik uchun bahs yuritishadi.