03-10-2025 11:09

«Albatta, Hindiston va Bahrayn kabi davlatlar bilan ushbu tanlovda raqobat qilib, yutish oson bo‘lmadi.
Olti yuz yil avval Mirzo Ulug‘bek observatoriya va madrasa qurib Samarqandni ilm-fan markaziga aylantirgan bo‘lsa, 2028 yilda kosmos yo‘nalishidagi dunyoning eng katta tadbiri Samarqandda o‘tishi, albatta, uchinchi renessans asosini boshlab bergan Prezidentimiz tomonlaridan olib borilayotgan ishlarning dunyo hamjamiyati tomonidan o‘ziga xos e’tirofidir.
Ushbu tadbir nafaqat 10 mingdan ortiq mehmonlarni va xalqaro ko‘rgazmani olib kelib, yurtimiz iqtisodiyotiga foyda beradi (Avstraliya iqtisodiga $27 mlndan ortiq hissa bo‘libdi), balki asosiysi, yurtimiz yoshlarini ilm-fanga qiziqishlarini yanada ortishiga yordam beradi.
Ko‘z tegmasin, Prezidentimizning ta’limga e’tiborlari sababli hozirgi yoshlarimiz orasida ilm-fan bilan shug‘ullanishga intiluvchilar kundan-kun ortib bormoqda. Ana shunday yoshlarimizdan haqiqiy Mirzo Ulug‘bek vorislari yetishib chiqib, yurtimizning ilm-fan yo‘nalishidagi obro‘sini yanada oshirishda o‘z hissalarini qo‘shadilar deb umid qilamiz", — deydi Shermatov.
