29-06-2025 08:25
Pornografik xarakterga ega veb-sayt yoki sahifaga kirish talab kelib tushgan paytdan boshlab 24 soat ichida cheklanishi shart;
Veb-sayt yoki sahifa egasi kontentni 24 soat ichida vakolatli davlat organining talabi bilan o‘chirishi lozim;
Agar kontent o‘z vaqtida o‘chirilmasa yoki talab inkor etilsa, sayt faoliyati 2 oygacha to‘xtatilishi mumkin;
Faoliyat to‘xtatilganda yangi sayt yoki sahifa yaratishga ruxsat berilmaydi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, agar biror fuqaro sayt yoki sahifada pornografik kontent mavjud deb hisoblasa, vakolatli davlat organiga murojaat qilish huquqiga ega.
Qonun qabul qilinganidan so‘ng, Vazirlar Mahkamasi Respublika hududida kirish taqiqlanadigan saytlar ro‘yxatini (reestr) yaratishi lozim bo‘ladi.