29-06-2025 06:27
Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan «Qozog‘iston Prezidenti tashabbuslari jamg‘armasi» tomonidan media sohasida ishlaydigan 66 nafar xodimga kvartira sovg‘a qilindi. «Bu fuqarolarga ijtimoiy ko‘makni kuchaytirishga qaratilgan davlat siyosatining bir qismidir», degan To‘qayevning maslahatchisi.
2025 yil 28 iyun kuni Ostona shahrida Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston Prezidenti tashabbuslari jamg‘armasi — «Dara» fondi tomonidan mamlakatda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlariga Qosim Jo‘mart To‘qayev nomidan kvartiralar berildi.
«Media sohasi vakillarini uy-joy bilan ta’minlash tashabbusi fuqarolarga ijtimoiy ko‘makni kuchaytirish va jamiyatda barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli davlat siyosatining bir qismidir», deyiladi fond xabarida.