24-09-2025 12:30

Focus Taiwan nashrining xabar berishicha, avvalroq ko‘chki oqibatida hosil bo‘lgan ko‘l “Ragasa” to‘foni va kuchli yog‘ingarchilik tufayli qirg‘oqlaridan toshib chiqqan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqini Guanfu posyolkasiga yopirilgan. Suv chekindi, lekin ko‘chalar qalin loy va vayronalar bilan qoplangan. Qutqaruvchilar odamlarni uyma-uy qidirmoqda, bedarak yo‘qolganlarning aniq soni noma’lumligicha qolmoqda. 3 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi.
Xualyan shahridan taxminan 40 kilometr janubda joylashgan Guangfudagi sel poyezd stansiyasini ham suv ostida qoldirdi va mahalliy avtomobil yo‘lidagi ko‘prikni vayron qildi.
24-sentyabr kuni Xitoyning Gonkong va Makao maxsus ma’muriy tumanlarida tezligi soniyasiga 50 metrdan oshadigan “Ragasa” to‘foni kuchayib, Guandun va Xaynan viloyatlari hamda Guansi-Chjuan avtonom tumani tomon harakatlanmoqda. 26-sentyabr kuni to‘fon Vetnam shimoli va Kambodjaga yetib borishi kutilmoqda, uning ta’siri janubi-g‘arbiy Yunnan viloyatida ham seziladi, deb xabar berdi oxu.az.
