24-09-2025 12:28

Xabarda aytilishicha, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab Singapurda tamaki mahsulotlarini qizdiruvchi qurilmalar (IQOS va boshqalar) hamda elektron sigaretalar (veyplar), ayniqsa, «K-pods» turidagi va tarkibida etomidat mavjud bo‘lgan veyplarga qarshi yanada qat’iy qonunchilik choralari kuchga kirdi.
Elektron sigaretalar va tamakini qizdiruvchi qurilmalar Singapurda veyplar va shunga o‘xshash qurilmalarni olib kirish, sotish, saqlash va foydalanish mutlaqo taqiqlanadi.
Ularni saqlash yoki chekish uchun – 2 000 singapur dollarigacha jarima, sotish yoki olib kirish uchun – 10 000 singapur dollarigacha jarima va/yoki 6 oygacha qamoq (takroriy hollarda – 20 000 singapur dollarigacha va/yoki 12 oygacha qamoq) jazosi belgilangan.
Mazkur qonunbuzarlikni takror qilgan shaxslar majburiy reabilitatsiya va keyinchalik jinoiy javobgarlikka tortilish mumkin.
Shuningdek, «K-pods» turidagi veyplar giyohvand moddalar bilan bog‘liq qurilma sifatida baholanadi, etomidat esa rasmiy ravishda S sinfdagi giyohvandlik moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Saqlash yoki iste’mol qilish uchun – majburiy kuzatuv va reabilitatsiya dasturi, takroriy hollarda jinoiy javobgarlik belgilangan.
Kontrabanda uchun – 3-yildan — 20-yilgacha qamoq va 5 tadan 15 tagacha qamchin jazosi.
Sotish va tarqatish uchun – 2-yildan — 10-yilgacha qamoq va 2 tadan 5 tagacha qamchin jazosi.
Mazkur qonun Singapur fuqarolariga ham, xorijliklarga ham, shu jumladan, talabalar va ishchi viza egalariga ham birdek tatbiq etiladi.
Qonunbuzilishi:
O‘zbekiston fuqarolariga elektron sigaretalar yoki shunga o‘xshash qurilmalarni Singapurga olib kirish va ulardan foydalanishdan qat’iy ravishda voz kechish tavsiya etildi. Qonun-qoidalarga rioya qilish – bu mamlakatda xavfsiz va osuda bo‘lib turishingizning kafolatidir.
