11-09-2025 09:26
Mashg‘ulot davomida o‘quv mashg‘uloti uchun mo‘ljallangan portlovchi maxsus vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi oqibatida kichik portlash yuzaga keldi.
Bu haqda O‘zA xabar berdi Milliy gvardiyaning ma’lumotiga tayanib.
Qayd etilishicha, mashg‘ulot ishtirokchilaridan 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Ularga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va hozirda ko‘rilgan zarur choralar natijasida harbiy xizmatchilarning sog‘ligi tiklanmoqda.
Holat yuzasidan esa xizmat surishtiruvi tayinlangan hozirda mutasaddi rahbarlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.