02-09-2025 07:26
Quyida chempionatdagi eng qimmat 5 ta transfer haqida ma’lumot beriladi.
Eng qimmat transferlar ro‘yxatining dastlabki 3 ta pog‘onasini “Real Madrid” band etgan. “Qirollik klubi” yozda “Bornmut”dan 62,5 million yevro evaziga Din Xeysenni xarid qildi. Bu La Liga klublari orasida yozgi transferlar oynasi vaqti amalga oshirilgan eng qimmat xaridiga aylandi. 2-o‘rindan ham “Real” futbolchisi joy olgan. Klub Alvaro Karrerasni “Benfika”dan 50 million yevroga sotib oldi. Kuchli uchlikni yana bir madridliklar a’zosi Franko Mastantuono yakunladi. U “River Pleyt”dan 45 million yevroga olib kelingan.
Bundan tashqari, “Atletiko Madrid” “Vilyarreal”dan Aleks Bayenani 42 million yevroga xarid qilib, 4-o‘rinni band etdi. “Vilyarreal” esa “Lion”dan Jorj Mikautadzeni 31 million yevroga transfer qilib, eng qimmat besh transfer ro‘yxatini yakunladi.
Ma’lumot uchun, 3-turdan keyin 9 ochko jamg‘argan “Real Madrid” Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. “Atletik” hisobida ham shuncha ochko bor, ammo bilbaoliklar to‘plar farqiga ko‘ra “Real”dan ortda qolmoqda. Kuchli to‘rtlikni esa 7 ochkoga ega “Vilyarreal” va “Barselona” yakunlab turibdi.