02-09-2025 06:13
2 sentyabr kuni tongda KXDR yetakchisi Kim Chen Inning maxsus zirhli poyezdi Xitoy chegarasini kesib o‘tdi. Uning tashrifi Xitoy Raisi Si Jinping taklifiga binoan amalga oshirilmoqda. Safarda Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi va yetakchi amaldorlar hamrohlik qilmoqda.
Kim Chen Inning Pekindagi paradda qatnashishi Si Jinping va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ehtimoliy uch tomonlama uchrashuvga zamin yaratishi mumkin. Poyezd kuchaytirilgan muhofaza sabab sekin harakatlanmoqda va 20–24 soat ichida Pekinga yetib borishi kutilmoqda. Bu Kim Chen Inning xorijga o‘n birinchi tashrifi bo‘ladi.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, paradga 26 davlat rahbarlari taklif qilingan bo‘lib, ular orasida G‘arb yetakchilari yo‘q. Slovkiya bosh vaziri Robert Fitso va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich tashrif buyurishi kutilmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari ham ishtirok etadi.
Tyananmen maydonida o‘tadigan paradda eng zamonaviy qurollar namoyish etiladi. Jumladan, qiruvchi samolyotlar, raketalarga qarshi mudofaa tizimlari, giperovoz hujum qurollari taqdim etiladi. Havo, quruqlik va dengiz kuchlarini o‘z ichiga olgan 45 ta harbiy bo‘linma namoyish marosimida qatnashadi.