29-08-2025 05:18
O‘zbekistonda shakar o‘rnini bosuvchi moddalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezidentning 19-avgustdagi PF-138-son farmonida belgilanmoqda.
Qayd etilishicha, noyabr oyiga qadar Vazirlar Mahkamasi va tegishli idoralar tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan gazlangan ichimliklar, energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklarni ichki bozordan sotib olib, eksport qilgan korxonalarga ushbu ichimliklar bo‘yicha aksiz solig‘ini qaytarish imkoniyati yaratish topshirilgan. Bunda mablag‘lar to‘langan aksiz solig‘i tushumlaridan qaytariladi.
Hujjatga ko‘ra, shakar o‘rnini bosuvchi moddalarni ishlab chiqaruvchi va oziq-ovqat mahsulotlarini shu kabi komponentlar bilan boyituvchi korxonalar davlat grantlari, innovatsion dasturlar va imtiyozli kreditlarni joriy qilish orqali qo‘llab-quvvatlanadi.