28-08-2025 10:27

Shahar meri Masafumi Kokiga ko‘ra, taklif qilinayotgan qaror faqat bolalarni emas, kattalarni ham qamrab oladi. Shaharda hozirda muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda, ovoz berish jarayoni sentyabr oyi oxiriga rejalashtirilgan. Qaror qabul qilinsa, u 2025-yil oktyabr oyidan kuchga kiradi.
Loyihada 6–12 yoshdagi bolalar va maktabgacha yoshdagilar uchun soat 21:00 dan keyin, o‘smirlar va kattalar uchun esa 22:00 dan keyin smartfon ishlatmaslik tavsiya etiladi.
