27-08-2025 10:04

Bu taklif Yevropaning raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuni (DSA) bilan bog‘liq, deb xabar bermoqda Reuters agentligi o‘z manbalarga tayanib.
Sanksiyalar, xususan, viza cheklovlari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Hozircha AQSH Davlat departamentida yakuniy qaror qabul qilinmagan va qaysi mamlakatlar yoki rasmiy shaxslarga nisbatan choralar ko‘rilishi noma’lum.
Yevropa Ittifoqida DSA qonuni 2022 yilda kuchga kirgan va 2023–2024 yillarda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilgan. Qonunning maqsadi — internetni xavfsiz va oshkora qilish. Unga ko‘ra, raqamli platformalar noqonuniy kontentni olib tashlashi, regulyatorlar bilan hamkorlik qilishi va dezinformatsiya hamda saylovlarga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’lumotlar tarqalishining oldini olishi kerak.
Qonun buzilgan taqdirda «juda yirik onlayn platformalar» global aylanmasining 6 foizigacha jarimaga tortilishi mumkin. Bu talablar Facebook’ning Meta kompaniyasi kabi yirik IT-korporatsiyalarini qattiq tanqid qilishga majbur qilgan. Ular DSA’ni «senzura»ning yangi shakli deb hisoblashmoqda.
Vashingtonda bu qonun Amerika texnologiya kompaniyalari biznesini susaytirishi mumkin, deb hisoblashmoqda. Tramp esa DSA’ni o‘ng siyosiy kuchlar va partiyalar so‘z erkinligini cheklash vositasi sifatida ko‘rmoqda.
Reuters xabariga ko‘ra, Davlat departamenti allaqachon AQSH diplomatlariga Yevropa mamlakatlarida DSA’ga qarshi lobbi faoliyati yuritish bo‘yicha topshiriq bergan.
Bundan tashqari, Tramp Yevropaning ayrim mamlakatlarida joriy etilgan raqamli soliqlardan ham norozi. U bu soliqlar bekor qilinmasa, Yevropa tovarlariga qo‘shimcha bojlar joriy etish bilan tahdid qildi.
