Poyezd ishga tushirilishi bilan Pekindan Shanxaygacha borish vaqtini 3 soat 58 daqiqadan 1 soat 30 daqiqaga qisqartiradi.
Xitoyda “Hyperloop” prototipi birinchi marta sinovdan oʻtkazildi. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar berdi.
Superoʻtkazuvchi magnitlar bilan ishlaydigan magnit yostiqli poyezd birinchi marta past vakuumli tunneldan oʻtib, belgilangan parametrlarga muvofiq harakat qilish, tezlashtirish va tormozlash imkoniyatini isbotladi.
Sinovlar Xitoyning Aerokosmik fan va sanoat korporatsiyasi (CASIC) tomonidan 2 km uzunlikdagi sinov oʻrindigʻida oʻtkazildi. Poyezd tezligi 1000 km/soatni tashkil qiladi.
Biroq poyezd haqiqatda bunday qiymatga tezlasha oladimi yoki yoʻqmi, aniqlanmagan.
Avvalroq, poyezd 2024-yilning fevralida vakuum trubkasida rekord tezlikka erishgan edi. Oʻsha vaqtda tezlik 623 km/soatni tashkil qilgan.
Bugungi kunda Pekindan Shanxayga eng yuqori tezlikdagi poyezdda (329 km/soat) 3 soat 58 daqiqada yetib borish mumkin.
Mazkur poyezd yoʻlovchilarni ushbu yoʻnalish boʻylab taxminan 1 soat 30 daqiqada tashiydi. Bunday transport Xitoyning yirik shaharlarini bogʻlashi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, optik tolali kabellar orqali 402 Tbit/s maʼlumotlarni uzatish tezligiga erishilgan.