Jizzaxda «Lacetti» yo‘l chetidagi to‘siqqa urilib, pastlikka tushib ketdi
20.09.2024 09:27
Jizzax viloyatida «Lacetti» avtomashinasi yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, pastga tushib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 24-iyun kuni soat 13:00 larda Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hududidan oʻtgan M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining 982 km da sodir boʻlgan.
Maʼlum boʻlishicha, Samarqand viloyatida yashovchi 30 yoshli haydovchi “Lacetti” avtomashinasini boshqarib ketayotganda rul boshqaruvini yoʻqotgani tufayli yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Hodisa oqibatida avtomashinaning 29 yoshli yoʻlovchi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.