06-08-2025 11:27
Tegishli qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan 30-iyul kuni qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 1-sentyabrdan boshlab yuridik shaxslar PPX bo‘linmalariga shartnoma-huquqiy asosda xizmatlardan foydalanish uchun YAIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.
PPX bo‘linmalari IIVning «Elektron patrul» tizimi orqali jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
Tasdiqlangan ma’muriy reglamentga ko‘ra quyidagilar tartibga solinadi:
Ma’muriy reglament ommaviy tadbirlarni, yig‘ilishlar, mitinglar va ko‘cha namoyishlarini tashkil etish va o‘tkazishga taalluqli emas.
Belgilangan shakldagi ariza vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda vakolatli organ xodimi ariza beruvchi bilan birgalikda fuqarolar to‘planadigan joyni ko‘zdan kechiradi.
Ko‘zdan kechirish natijasida obyekt hududining chegaralari, kerakli xodimlar soni, xizmat xonalari va postlar joylashuvi, harakat yo‘nalishlari, javobgarlik hududi, ish rejimi va xodimlar faoliyati tartibi ko‘rsatilgan akt tuziladi hamda shartnoma loyihasi ishlab chiqiladi.
Aholi gavjum joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha PPX bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda belgilanadi.