Bugun, 18-sentyabr kuni soat 09:52 da “Qamchiq” dovonida rejaviy qisqa muddatli profilaktik tadbirlar olib borilishi munosabati bilan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik tadbirlar yakuniga yetganligi sababli soat 12:04 da “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun to‘liq qayta ochildi.