06-08-2025 09:36
Bu haqda The Telegraph nashri Umbra Space sun’iy yo‘ldoshidan olingan suratlarga tayanib yozdi.
Gap yarimorolning janubidagi Krasheninnikov ko‘rfazining suvidagi Ribachiy bazasi haqida bormoqda. Tasvirlarga ko‘ra, iskalalardan birining bir qismi asl holatidan og‘ib ketgan, bu uning to‘xtash joyidan ajralib qolganini ko‘rsatishi mumkin.
Taxminlarga ko‘ra, 8,8 magnitudali zilzila oqibatida yuzaga kelgan to‘lqinlar silkinishlar boshlanganidan 15 daqiqa o‘tgach, epimarkazdan 120 kilometr g‘arbda joylashgan bazaga yetib kelgan.
Bazada Borey tipidagi zamonaviy atom suv osti kemalari va sovet Deltalari joylashgan. Biroq, dastlabki tahlillarga ko‘ra, ular sunami vaqtida shikastlangan estakadaga bog‘lanmagani uchun zarar ko‘rmagan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, iskaladagi shikastlanish, ehtimol, bazadagi ish intensivligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi, dedi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, 30-iyul kuni Kamchatka qirg‘oqlarida 1952-yildan beri eng kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Yarimorolda Klyuchevskaya Sopka vulqoni otildi. Yer silkinishlari mintaqada balandligi 4 metrgacha bo‘lgan bir necha sunami to‘lqinlarini keltirib chiqardi. Bandargoh va baliqni qayta ishlash zavodi suv ostida qoldi, kemalar iskalalaridan ajralib, suv oqimi yuvib ketdi. Xitoy, Tayvan, Indoneziya va Yaponiyada ham sunami ogohlantirishlari e’lon qilindi, deb xabar berdi oxu.az.