25-06-2025 08:59
Bu koʻrsatkich bilan mamlakat 2023 yildagi beshinchi pogʻonadan bir oʻrin yuqoriga koʻtarildi. Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoyning taʼkidlashicha, umumiy ziyoratchilar soni 62,3 million kishini tashkil qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, bu muvaffaqiyat madaniy va tarixiy meroslarni samarali targʻib qilish, rivojlangan infratuzilma va turizmning barcha fasllarda faol tashkil etilgani hisobiga qoʻlga kiritildi.
Fransiya, Ispaniya va AQSH kabi anʼanaviy sayyohlik markazlaridan keyin Turkiyaning toʻrtinchi oʻrinni egallashi, mamlakatning jahon sayyohlik bozoridagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda. Ersoyning taʼkidlashicha, Turkiya endi nafaqat kuzatiladigan, balki oʻrnak qilib olinadigan turistik davlat sifatida eʼtirof etilmoqda.
Jahon Turizm Tashkiloti tomonidan har yili eʼlon qilinadigan “Jahon Turizm Barometri” hisoboti, dunyo boʻylab turistik oqimlarni tahlil qiladi va mamlakatlar reytingini belgilaydi. Turkiyaning ushbu reytingda yuqori oʻrinni egallashi soha salohiyatidan samarali foydalanilayotganini koʻrsatmoqda.
Bu natija Turkiya turizm siyosatining barqarorlik va sifatga asoslangan rivojlanish modeli orqali xalqaro tan olinishiga xizmat qilmoqda.