04-08-2025 06:32
Tadqiqotchilar 14 yoshdan 68 yoshgacha bo‘lgan 76 kishining organizmidagi sakkizta muhim tizimni tahlil qilib, 45 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan davrda tanadagi eng keskin biologik o‘zgarishlar yuz berayotganini kuzatgan. Xususan, qarish jarayonida yurak-qon tomir tizimi, ayniqsa, ichki organlarni qon bilan ta’minlovchi asosiy qon tomir — aorta sezilarli darajada eskira boshlar ekan.
Olimlar qarish jarayoni uzluksiz emas, balki to‘lqinsimon ravishda kechishini qayd etishgan. Ularning fikricha, aynan qon tomirlari tananing turli qismlariga qarishni boshlovchi molekulalarni tarqatuvchi asosiy vosita hisoblanadi.
Ushbu ilmiy ish mualliflari, tanadagi «biologik o‘zgarish nuqtalari»ni chuqurroq o‘rganish qarish jarayonini to‘xtatish yoki sekinlashtirishning yangi imkoniyatlarini yaratishi mumkin, deb hisoblaydi.