AQSH Isroilga 165 mln. dollarlik harbiy texnika yetkazib beradi
14.09.2024 10:35
Qaror yuzasidan Kongressni xabardor qilish uchun zarur sertifikat berilganligi ma’lum qilingan.
AQSH davlat departamenti Isroilga harbiy maqsadlarda foydalanish uchun 164,6 million dollarlik og‘ir tanklar tirkamasi va tegishli jihozlarni sotishni ma’qulladi. Mudofaa xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik agentligi bayonotida, mazkur qaror yuzasidan Kongressni xabardor qilish uchun zarur sertifikat berilganligini ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, Isroil hukumati so‘rovi asosida davlat departamenti umumiy qiymati 164,6 million dollarga teng og‘ir tank tirkamasi va unga tegishli uskunalarni sotishni ma’qullagan hamda zarur sertifikat Kongressga yuborilgan.
Yetkazib berish 2027 yilda boshlanishi kutilmoqda. Savdo sertifikati nafaqat og‘ir tank tirkamalari, balki ehtiyot qismlar, texnik xizmat ko‘rsatish va haydovchi asboblari, texnik hujjatlar va logistika yordamini ham nazarda tutadi.