30-07-2025 12:58
Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur dunyo birinchiligida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham ishtirok etayapti.
Quvonarlisi, yunon-rum kurashi bo‘yicha kechgan dastlabki kun bahslaridayoq O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Xususan, -48 kg vaznda kurashgan Bunyod Hasanov va -80 kg vaznda gilamga chiqqan Abdulaziz Xolmirzayev barcha raqiblarini yengib jahon chempioni degan nomga erishdi.