30-07-2025 12:28
Ayniqsa, etnik va diniy ozchilik guruhlar hanuzgacha Eron hukumati tomonidan eng ko‘p qatl etilayotgan toifa bo‘lib qolmoqda. Bu yil 297 nafarga ko‘proq inson qatl etilgani qayd etildi. BMTning yuqori komissari Folker Tyurk hozirgi paytda 48 kishi o‘lim jazosini kutayotgani, ulardan 12 nafari yaqin orada qatl etilishi mumkinligini bildirdi.
27 iyul kuni Eron hukumati muxolif «Eron xalq mujohidlari tashkiloti»ga aloqadorlikda ayblangan Behruz Ehsoni va Mehdi Hasaniyni qatl etganini e’lon qildi. Fransiyada joylashgan Eron Milliy qarshilik kengashi rahbari Maryam Rachaviy bu qatllarni keskin qoralab, Ehsonining so‘nggi so‘zlarini keltirdi:
«Biz hech qachon — hech qanday sharoitda — bu qonxo‘r va jinoyatkor rejimga bo‘ysuna olmaymiz. Hech qachon kkamsitishiga rozi bo‘lmaymiz».
Amnesty International esa qatllarni qonunsiz amalga oshirilgan deb baholadi. Qatl etilayotganlarning 40 foizidan ortig‘i giyohvandlik ayblovlari bilan sudlangan, sud jarayonlari esa yopiq shaklda, umumiy va aniq bo‘lmagan ayblovlar asosida olib borilgan.
Folker Tyurk Erondagi sudlov jarayonlarida adolat va shaffoflik kafolatlari buzilayotganini ta’kidladi. 2024 yilda prezidentlikka Mas’ud Pezeshkiyon kelganidan keyin qatllar soni 975 nafarga yetgan. Bu — 2015 yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Hozirda Eron parlamenti «josuslik» tushunchasini kengaytiruvchi yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Unga ko‘ra, xorijiy OAV bilan aloqa qilish yoki internet orqali ma’lumot almashish ham «dushman davlat bilan hamkorlik» deb baholanishi va o‘lim jazosiga olib kelishi mumkin.
BMT Eronni qatl jazosini to‘xtatish va uni tubdan bekor qilish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarga qo‘shilishga chaqirmoqda.