30-07-2025 05:16
ABC News xabar qilishicha, Qatar amirlik oilasi Tramp ma’muriyatiga taxminan 400 million dollarlik Boeing 747-8 samolyotini sovg‘a sifatida taqdim etgani rasman tasdiqlandi. Kelishuv AQSH mudofaa vaziri Pit Xegset va Qatar davlat vaziri Saud ibn Abdurrahmon Ol Soniy tomonidan imzolangan.
AQSH Mudofaa vazirligi mazkur samolyotni prezident ehtiyojlariga moslashtirishni boshlagan. Ammo bu maqsad uchun qancha mablag‘ ajratilayotgani sir saqlanmoqda.
Mustaqil manbalarning baholashicha, «uchar saroy» ni qayta jihozlash 1 milliard dollardan ortiqqa tushishi mumkin — bu esa dunyodagi eng qimmat aviatsion rekonstruksiyalardan biriga aylanishi ehtimolini oshiradi.
AQSH Harbiy havo kuchlari kotibi Troy Maynkning ma’lum qilishicha, zarur mablag‘lar ayni paytda AQSH yadroviy arsenalini yangilash uchun mo‘ljallangan Sentinel qit’alararo ballistik raketa dasturidan olib berilmoqda.