30-07-2025 04:27
"The Korea Times" nashrining yozishicha, so‘rov butun Janubiy Koreya bo‘ylab 5 million xonadon, jumladan, mamlakat aholisining 5 foizdan ortig‘ini tashkil etuvchi chet el fuqarolarini qamrab oladi. Anketa 20 ta xorijiy tilda, jumladan, o‘zbek tilida ham taqdim etiladi.
Mavjud ingliz, xitoy, yapon, indonez, kxmer, mo‘g‘ul, nepal, rus, tay va vetnam tillariga yana 10 ta – bengal, birma, qozoq, qirg‘iz, laos, malay, singal, ukrain, urdu va o‘zbek tillari qo‘shildi.
Mazkur gazeta ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda Janubiy Koreyadagi o‘zbek diasporasi 98458 kishini tashkil qiladi.
Ta’kidlanishicha, onlayn muloqot ommabopligi tufayli turli raqamli qurilmalar uchun so‘rovnoma ishlab chiqiladi va so‘rovda ishtirok etish uchun shaxsiy tashriflar qisqartiriladi.
2025-yilgi aholini ro‘yxatga olish mamlakatda birinchi aholini ro‘yxatga olishning 100-yilligiga to‘g‘ri keladi va Janubiy Koreya tarixidagi eng yirik aholini ro‘yxatga olish bo‘ladi, deyilgan manbada.