29-07-2025 10:06
Ta’kidlanishicha, hujjat ta’lim, startaplar va xalqaro hamkorlikka e’tibor qaratgan holda ishonchli va xavfsiz texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Loyihani tuzilmaga a’zo davlatlarning mutlaq ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatladi. Bu sun’iy intellektdan axloqiy va xavfsiz foydalanish bo‘yicha global hamfikrlikni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Qarorga ko‘ra, Dushanbeda Markaziy Osiyoda sun’iy intellekt dasturlarini muvofiqlashtiruvchi Mintaqaviy sun’iy intellekt markazi tashkil etiladi.