29-07-2025 06:29
Erkak M4 hujum miltig‘i bilan qurollangan bo‘lgan. U Manhetten shahridagi Milliy futbol ligasi (NFL) va Blackstone investitsiya kompaniyasi ofislari joylashgan binoda odamlarga qarata o‘t ochgan. Hujum qilgan shaxs 27 yoshli Shane Devon Tamura hisoblanadi. U otishmadan so‘ng o‘ziga ham o‘q uzib, joniga qasd qilgan. Erkak ilgari ruhiy muammolari sababli ro‘yxatga olingan, biroq hodisaning sababi hozircha o‘rganilmoqda.
Otishmada halok bo‘lgan Nyu York politsiya boshqarmasi xodimi Didarul Islom ekani aniqlangan. Rasmiylarning aytishicha, u AQSHga Bangladeshdan ko‘chib kelgan va rafiqasi hozirda homilador. Shahar meri Erik Adamsning ma’lumotiga ko‘ra, Islom 36 yoshda bo‘lgan va Nyu York politsiyasida 3,5 yildan buyon xizmat qilgan.