29-07-2025 04:58
Yevropa Komissiyasi Temu’ni yangi «Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun» (DSA) asosida tergov qilmoqda. Agar ayblovlar tasdiqlansa, Temu kompaniyasi jahon bo‘yicha yillik daromadining 6 foizigacha jarimaga tortilishi hamda xavfli mahsulotlarni yo‘q qilishga majbur qilinishi mumkin.
2023 yilda Temu oyiga o‘rtacha 93,7 million faol foydalanuvchi jalb etgan va YEI bozorida jiddiy ta’sirga ega. Ammo Komissiya tekshiruvlari davomida platformada:
– Iste’molchilar uchun xavfli mahsulotlar keng tarqalgani;
– Foydalanuvchilar huquqlari yetarlicha himoya qilinmagani;
– Maxfiy xaridorlar orqali o‘tkazilgan sinovlar muammolarni ochiqlagani aniqlangan.
«Temu» vakili kompaniya komissiya bilan «to‘liq hamkorlik qilishda» davom etishini aytdi.