29-07-2025 04:38
Payshanba kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida Falastin davlatini rasman tan olishini ma’lum qildi.
- Birlashgan Qirollik tomonidan Falastinning davlat sifatida tan olinishi muhim tarixiy ahamiyatga ega, shuning uchun biz sizni bu qadamni tezroq qo‘yishga chaqiramiz, — deyiladi deputatlarning bosh vazir Kir Starmer va tashqi ishlar vaziri Devid Lemmiga yo‘llagan maktubida.
Murojaat matni juma kuni Leyboristlar partiyasi deputati Sara Chempionning “X” ijtimoiy sahifasida e’lon qilindi.
Xatni 221 deputat imzolagan.
Avvalroq, o‘lkaning 50 dan ortiq sobiq diplomatlari va BMT xodimlari Starmerni Falastin davlatligini tan olishga va G‘azo sektoridagi vaziyat yuzasidan Isroilga qarshi qo‘shimcha choralar ko‘rishga chaqirgan maktubni imzolagan edi.
Hozirgacha Falastin davlatini 147 davlat tan olgan, AQSH ular orasida emas. 2024-yilda Qo‘shma Shtatlar Falastinning BMTga to‘liq a’zoligiga veto qo‘ydi. O‘tgan yildan beri Falastinni o‘nta davlat, jumladan, Irlandiya, Norvegiya, Ispaniya va Armaniston tan oldi.