25-07-2025 14:04
Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakat Qurolli kuchlari havo mudofaasiga tegishli EC-145 vertolyoti Olmaota viloyatida radar ekranidan yo‘qolib qolgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hodisa joyiga Mudofaa vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar departamentining kuch va vositalari jalb qilinib, qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Qozog‘iston Mudofaa vazirining topshirig‘iga binoan, hodisa tafsilotlarini aniqlash maqsadida maxsus komissiya yuborilgan.

Ma’lumot uchun, EC-145 vertolyoti – Fransiya va Germaniyada joylashgan Airbus Helicopters kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ikki dvigatelli ko‘p maqsadli vertolyotdir. U dastlab 1999-yilda parvoz qilgan va 2002-yildan boshlab tijoratda foydalanila boshlangan. Ushbu vertolyot fuqarolik va harbiy maqsadlarda keng qo‘llanadi. U og‘ir yuklarni ko‘tarishga, favqulodda vaziyatlarda tibbiy evakuatsiya qilishga, patrullik va qidiruv-qutqaruv ishlariga, shuningdek, politsiya va xavfsizlik xizmatlari tomonidan foydalanishga mo‘ljallangan.
EC-145 zamonaviy navigatsiya tizimlari bilan jihozlangan, ikki uchuvchili boshqaruvga ega bo‘lib, 8–10 nafargacha yo‘lovchini olib yurishi mumkin. Uning maksimal tezligi soatiga taxminan 268 kilometr bo‘lib, bir marta yoqilg‘i bilan 680 kilometrgacha uchishi mumkin. Harbiy versiyasi H145M deb yuritiladi va bu model qurolli kuchlar uchun moslashtirilgan bo‘lib, zamonaviy aloqa vositalari, infraqizil kuzatuv, hamda qurollanish imkoniyatlariga ega. Hozirda bu vertolyotlar ko‘plab davlatlar, jumladan Qozog‘iston tomonidan ham harbiy va qutqaruv maqsadlarida foydalaniladi. Qozog‘istonda ushbu vertolyotlar Airbus Helicopters Kazakhstan Engineering zavodi orqali yig‘iladi va texnik xizmat ko‘rsatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida “Vzlet” aviakompaniyasiga tegishli Mi-8T vertolyoti bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi.
Bortda 5 kishi bo‘lgan. Ularning 3 nafari ekipaj a’zosi va 2 nafari texnik mutaxassislar sanaladi. Vertolyot Oxotsk aholi punktidan havoga ko‘tarilgan va Magadanga yetib borishi kerak bo‘lgan. Biroq belgilangan vaqtda ekipaj bilan aloqa uzilgan.