25-07-2025 07:08
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistonni milliy haydovchilik guvohnomasi asosida avtoulov boshqarishga ruxsat berilgan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Gulf News nashri xabar berdi.
Yangi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari endi BAAda avtomobil boshqarish uchun xalqaro guvohnoma olish yoki mahalliy imtihondan o‘tishi shart emas. Bu imkoniyat ham turizm maqsadida, ham ishlash yoki o‘qish uchun kelgan fuqarolarga taalluqli.
Ta’kidlanishicha, sayyohlik vizasi bilan yurgan o‘zbekistonliklar amaldagi milliy haydovchilik guvohnomasini taqdim etib, avtotransport yoki mototsikl boshqarishlari mumkin. Qo‘shimcha hujjatlar, ruxsatnomalar yoki test talab qilinmaydi — faqat guvohnoma amalda bo‘lishi kerak.